
"Monako" "Borussiya D"ga o‘yinni shanba kunga ko‘chirishni taklif qildi
Avval xabar berganimizdek kecha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan “Borussiya D” va “Monako” bahsi mezbonlarning avtobusida portlash yuz bergani sababli bugunga ko‘chirildi. O‘z navbatida “Monako” rahbariyati bu holatda dortmundliklarga o‘yinni shanba kunga ko‘chirishni taklif qilgan. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.
“Biz bunday nohush holat ro‘y bergan kunning ertasiyoq maydonga tushishni eng to‘g‘ri qaror deb bilmaymiz”, - deydi Monako shahzodasi Albert II.
Eslatib o‘tamiz, "Borussiya D" va "Monako" o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan 21:45 da start oladi.
Fikrlar