Motokross bo‘yicha mamlakat kubogida g‘oliblar aniqlandi

CHERY AUTO

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida O‘zbekison mudofaasiga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan motokross bo‘yicha mamlakat kubogi musobaqasi tashkil etildi. Kalmakir mototrassasida uyushtirilgan bahslarda respublikamizning eng iqtidorli poygachilari o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.  

Tecno

O‘zbekiston kubogida sportchilar jami 7 ta sinfda o‘tgan bellashuvlarda g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. Shulardan to‘ttasi turnirning dastlabki kuni o‘tkazildi. Unda qatnashchilar dvigatel hajmi 65, 125, 350 va 750 santimetr kub bo‘lgan mototsikllarda startga chiqishdi. Poygani eng kichik yoshdagi sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlar boshlab berdi. 

Jasurbek Samadov ikkinchi davra bahslarida ham muvaffaqiyatli qatnashdi va eng yaxshi natijani qayd etgan holda g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘smirlar o‘rtasida motor sig‘imi 85 kubatura bo‘lgan texnikalar poygasida esa Toshkent viloyati vakili Abrorbek Jumanov zafar quchdi. Uning jamoadoshi Emron Ablyazov o‘smirlar orasida dvigatel hajmi 125 santimetr kubdan iborat mototsillarda o‘tgan bahsda birinchi o‘rinni egalladi.

Erkaklar o‘rtasida Chzet 350 sinfida mezbon sportchi Shavkat Sulaymonovga teng keladigan poygachi bo‘lmadi. U navoiylik Izzat Qobilov bilan bir xil ochko jamg‘ardi,  ammo aylanalar soni bo‘yicha yaxshiroq ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Poytaxtlik Sergey Devletyorov esa kuchli uchlikka yakun yasab berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!