Mourino: Darmianni qo‘yib yuboramiz, faqat...

  • 26.07.2018 19:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu agar jamoani qoniqtiradigan taklif bo‘lsa,  italiyalik himoyachi Matteo Darmianni qo‘yib yuborishga tayyor ekanligi haqida aytib o‘tdi.

“Darmian MYudan ketishni istamoqda. Menimcha, agar yaxshi taklif bo‘lsa uni ushlab turmaymiz. Lekin bu bilan biz uni istalgan mablag‘ evaziga qo‘yib yuboramiz degani emas. Men jamoamizni qanoatlantiradigan taklifni nazarda tutdim”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 29 yoshli futbolchiga Turinning “Yuventus” klubi jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ta’kidlash kerakki, Darmian mankuanliklar safida juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani sabab ketishni rejalashtirmoqda. U o‘tgan mavsum bor yo‘g‘i 17ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!