Mourino Grizmannga "MYu"da ajoyib vazifa yuklaydi

  • 22 dekabr, 2016, 10:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
"Manchester Yunayted" rahbariyati "Atletiko" to‘purari Antuan Grizmanni yozda o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun hozirdan muzokaralarga kirishmoqda. Klub rahbariyati jamoaning etakchi agentiga Antuan Grizmanning transferini tayyorlashni buyurdi.
 
Grizmanni jamoaga olib kelishni eng ko‘p istayotgan shaxs bu bosh murabbiy Joze Mourinodir. Ko‘pchilik Frantsiya terma jamoasining asosiy hujumchisi Angliyaga ko‘chib o‘tgach,  unga yangi jamoasida to‘purar vazifasini bajarish yuklanadi, degan fikrni ilgari surmoqda. Lekin uddaburon Mourino Antuanga umuman boshqa vazifa tayyorlab qo‘ygan.
 
Joze frantsiyalik futbolchi yarim himoya va hujumni bog‘lovchi o‘yinchi vazifasini ortig‘i bilan uddalashiga ishonmoqda. Mourino "MYu"ni qabul qilib olgach bu vazifani Ueyn Runiga topshirgandi. Biroq, jamoa sardori bu ishni uddalay olmadi.
 
Mutaxassislarning tahliliy jadvali ham Antuan Grizmann ayni paytda Ueyn Runidan kuchli ekanini ko‘rsatmoqda.
 
 
"Manchester Yunayted"ga Antuan Grizmanning transferi 60 million funtdan qimmatroqqa tushishi aytilmoqda.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!