
Mourino Pogbani ayblamoqda
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino "Vulverxempton"ga qarshi o‘yinda qayd etilgan durangda jamoa sardori Pol Pogbani aybladi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik mutaxassis shanba kungi o‘yindan so‘ng kiyinish xonasida 25 yoshli frantsuzga dakka bergan. Mourinoning fikricha aynan Pogbaning to‘p yo‘qotishi yakunda hisobni tenglashtirgan golga sabab bo‘lgan. Shu tariqa MYu navbatdagi ochkolarni boy bergan.
Fikrlar