Mourino "Real"ning asosiy himoyachilaridan birini MYuga olib kelmoqchi
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi "Real" Madridning asosiy himoyachilaridan biri hisoblangan Rafael Varanni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 25 yoshli frantsiyalik futbolchining xizmatlariga shaxsan mankuanliklar ustozi Joze Mourino qiziqish bildirmoqda. Portugaliyalik mutaxassis Varan yordamida MYuning himoya markazini kuchaytirmoqchi.
Ma’lumot uchun, Varan o‘tgan mavsum “qirollik klubi”da jami 44ta o‘yinda maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 2ta to‘p kiritishga erishgan.

Fikrlar