Mourino "Vest Xem" hujumchisini MYuga olib kelmoqchi
Londonning "Vest Xem" klubi forvardi Marko Arnautovich "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 29 yoshli avstriyalik futbolchining xizmatlariga shaxsan MYu bosh murabbiyi Joze Mourino jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Ta’kidlash kerakki, portugaliyalik mutaxassis "Inter"ni boshqargan paytda Arnautovich ham aynan uning qo‘l ostida “neradzurrilar” qo‘l ostida to‘p surgan.
Ma’lumotlarga qaraganda MYu Arnautovichning transferi uchun 56 mln evro to‘lashga tayyor.

Fikrlar