Murodjon Ahmadaliev chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

  • 24.08.2018 08:56
  • 1
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Okeanortidagi ringlarda muvaffaqiyatli yurishini davom ettirayotgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev AQShning Kaliforniya shtatida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

10 raund etib belgilangan jangda bokschimiz chililik Roman Kontreras raqiblik qiladi. Bu bokschi professional ringda shu vaqtga qadar 15 jangda g‘alaba qozonib, 6 tasida mag‘lub bo‘lgan.

Murodjon Akhmadaliev 2

Mazkur jangda Murodjon o‘z ustunligini namoyish etib, muddatidan oldin raqibini mag‘lub qildi va WBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Murodjon Akhmadaliev

Eslatib o‘tamiz, Murodjon bu to‘qnashuvga qadar 3 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini g‘alaba bilan yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ana xolos ...
24/08/2018 09:29
Маладец. чемпионлик муборак!!!