
Mxitaryan faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin
Armanistonlik jurnalist Grach Xachatryanning ma’lum qilishicha “Arsenal”dagi hamyurti Genrix Mxitaryanga Sankt-Peterburgning “Zenit” klubidan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq agar “kanonirlar” “Barselona”dan Denis Suaresni sotib olishsa, 29 yoshli armanistonlik futbolchini transferga qo‘yishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Mxitaryan joriy mavsum “Arsenal” safida jami 20ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar