“Napoli” – “Real” uchrashuviga oid 11 ta fakt

  • 7 mart, 2017, 17:49
  • 3
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun tunda EChL 1/8 finali javob bahslariga start beriladi. Jumladan, “Napoli” o‘z maydonida “Real”ni qabul qiladi. Bo‘lajak uchrashuv oldidan biz sizlarga bu ikki jamoalarning o‘zaro to‘qnashuvlari va boshqalar haqida hikoya qilishni maqsad etdik.

Mavzuga doir: “Real” nima sababdan Neapoldagi javob bahsida ehtiyot bo‘lishi kerak

1. “Real” bundan oldin 1987/88 yilgi mavsumda “Napoli” bilan o‘ynagan va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3–1 hisobida g‘alaba qozongan;

2. Leo Benxakker boshqaruvidagi “Real” o‘shanda Madridda o‘tgan bahsda Michel xamda Migel Tendilolarning gollari evaziga g‘alaba qozongan bo‘lsa, Neapoldagi uchrashuvda 1–1 hisobi bilanh yakun topgan. “San-Paolo”dagi bahsda dastlab Djovanni Franchini mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, so‘nra Emilio Butrageno muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lgan;

3. “Napoli” o‘z tarixida ikkinchi bor EChL 1/8 finalida o‘ynamoqda. Yodingizda bo‘lsa, bundan 5 yil muqaddam ushbu bosqichda “Chelsi” bilan ro‘baro kelgan neapolliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra(4–5) musobaqa bilan hayrlashgan edilar;

4. Qayd etib o‘tish joiz, “Napoli” evrokuboklar doirasida o‘z maydonida o‘tgan so‘nggi 20 bellashuvning faqat bittasida mag‘lubiyatga uchragan(“Beshiktosh”ga 2–3), xolos. Qolgan 13 o‘yinda mezbonlar zafar quchgan bo‘lsa, 6 bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan;

5. “Napoli” ispan jamoalari bilan kechgan so‘nggi ikki pley-off bahsida faqat mag‘lubiyatga uchragan. O‘tgan mavsum ELda 1/16 finalida “Vilyareal”(0–1 mehmonda, o‘z maydonida 1–1) va 2014/15 yilgi mavsum EChLda “Atletik”(o‘z maydonida 1–1, mehmonda 1–3) bilan o‘yinlarda “Napoli” g‘alaba nimaligini bilmagan;

6. “Napoli” evrokuboklar doirasida o‘z maydonida ispan klublariga qarshi kechgan bahslarda umuman mag‘lubiyatga uchramagan – 2 g‘alaba va 4 durang;

7.  “Napoli” evrokuboklar pley-offida dastlabki bellashuvda  0–2 hisobida imkoniyat boy bergan o‘yinlar soni 11 tani tashkil etadi. E’tiborlisi, jamoa faqatgina 3 bor dastlabki o‘yinda 0–2 hisobida mag‘lub bo‘lsada, turnirdagi yurishini davom ettirgan.

8. “Real” esa mana ketma-ket 7 mavsumdirki, muntazam 1/8 finalda ishtiork etmoqda;

9.  “Qirollik klubi” EChL doirasida mehmonda kechgan so‘nggi 9 bellashuvning faqatgiba bittasida mag‘lubiyatga uchragan;

10. Madridliklar Italiyada kechgan bahslarda 5 bor g‘alaba qozongan, 8 marta durang o‘ynagan va 18 bor mag‘lubiyatga uchragan;

11. “Real” evrokuboklar tarixida pley-off bosqichi o‘z maydonida o‘tgan ilk o‘yinda 57 bor g‘alaba qozongan va shulardan 44 tasida turnirdagi yurishini davom ettirgan.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!