"Napoli" "Arsenal" darvozabonini sotib olmoqchi
Italiyaning "Napoli" klubi "Arsenal" darvozaboni David Ospinaning transferini sotib olmoqchi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra mavsumni neapolliklar safida o‘tkazayotgan 30 yoshli futbolchi A Seriya grandi rahbariyatida iliq taassurot qoldirmoqda.
Ma’lumot uchun, Ospina joriy mavsum “Napoli” safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 14ta gol o‘tkazib yubordi. Uning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar