
“Napoli” o‘z safini urugvaylik futbolchi bilan to‘ldirishi kutilmoqda
“Napoli” jamoasi rahbariyati “Sampdoriya” yarim himoyachisi Lukas Torreyraning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Janluka di Martsioning saytida ma’lum qilindi.
Urugvaylik 22 yoshli futbolchining “Sampdoriya” bilan amaldagi kelishuvi 2022 yilgacha mo‘ljallangan. Uning shartnomasida tovon puli 25 million evro qilib belgilangan. “Napoli” esa muddatli to‘lov sharti bilan genuyaliklarga 30 million evro berishga tayyor.
Joriy mavsumda Torreyra A Seriyaning 36 o‘yinida maydonga tushib, raqiblar darvozasini 4 marta ishg‘ol qilishga erishdi.
Fikrlar