“Nasaf” ikkala nazorat uchrashuvida ham g‘alaba qozondi
Bugun “Nasaf” jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarliklarning dastlabki bosqichi yakunida G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasi bilan ikkita nazorat uchrashuvi o‘tkazdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Nazorat uchrashuvlari “Markaziy” stadion yonidagi mashg‘ulotlar maydonida bo‘lib o‘tdi.
Dastlabki nazorat uchrashuvida murabbiylar asosan asosiy tarkib o‘yinchilarini maydonga tushirishdi. Birinchi bo‘lib uchrashuvdagi hisobni “Sho‘rtan” jamoasi ochgan bo‘lsada, oradan uch daqiqa o‘tib Shaxboz Erkinov penaltidan hisobni tengalashtirdi. Oradan olti daqiqa o‘tib yana mohir hujumchimiz o‘zining ikkinchi golini kiritdi va hisobni 2:1ga o‘zgartirdi. Uchrashuvdagi jamoamizning yana bir golini Farruh Sayfiev kiritdi. “Sho‘rtan” jamoasining uchrashuvdagi ikkala goliga ham G‘ulom Rahmonov mualliflik qildi. Shunday qilib, birinchi nazorat uchrashuvi 3:2 hisobida jamoamiz foydasiga hal bo‘ldi.
1-nazorat uchrashuvi. 28.12.2016
“Nasaf” (Qarshi) – “Sho‘rtan” (G‘uzor) 3:2 (2:1)
Uchrashuv hakami: Firdavs Norsafarov
Gollar: Shaxboz Erkinov (pen.) 30’-1:1, 36’-2:1, Farruh Sayfiev, 83’-3:2 - G‘ulom Rahmonov, 27’-0:1, 68’-2:2
“Nasaf”: Eldor Suyunov, Najmiddin Normurodov, Ildar Mamatkazin, Sherzod A’zamov, Shuhrat Muhammadiev, Farruh Sayfiev, Fozil Musaev, Dilshod Rahmatullaev, Bahrom Abdurahimov, Azamat Allaniyozov. Shaxboz Erkinov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sanjar Quvvatov, Dilshod Xushbakov.
“Sho‘rtan”: Alibek Turobov, Azamat Isroilov, Mirmuhsin Sattorov, Umar Eshmurodov, Akram Bahromov, Ma’ruf murodov, Olimjon Karimov, Eldor Boymatov, G‘ulom Rahmonov, Yusuf Bo‘riev, Zafar Polvonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Rahimov, Nurali Padarov, Yo‘lchi Fayzullaev, Elyor Tog‘aev, Shahzodbek Husanov.
Ikkinchi nazorat uchrashuvida murabbiylar asosan yosh futbolchilarni maydonga tushirishdi. Shunisi e’tiborliki, bu uchrashuv birinchi uchrashuvga nisbatan qiziqarliroq va gollarga ham boy bo‘ldi. Navbatdagi nazorat uchrashuvidagi jamoamiz gollarini Bobir Abduxoliqov (2), Dilshod Xushbakov (2), Sirojiddin Qo‘ziev va Islom Rashidxonovlar kiritishdi. “Sho‘rtan” jamoasining uchrashuvdagi yagona golini Ixtiyor Pardaev kiritdi.
Ikkinchi nazorat uchrashuvida jamoamizda ikki nafar yangi o‘yinchi harakat qildi, bular “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘rinbosarlari tarkibi o‘yinchisi, darvozabon Aziz Isoqov va birinchi liga vakili “Kosonsoy” jamoasining hujumchisi Anvar Xojimirzaevdir.
“Nasaf” jamoasi ikkinchi nazorat uchrashuvida “Sho‘rtan” jamoasini yirik 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
2-nazorat uchrashuvi. 28.12.2016
“Nasaf” (Qarshi) – “Sho‘rtan” (G‘uzor) 6:1 (1:0)
Uchrashuv hakami: Naim Qosimov
Gollar: Bobir Abduxoliqov (pen.), 6’-1:0, 60’-3:0, Dilshod Xushbakov (pen.), 49’-2:0, 70’-4:0, Cirojiddin Qo‘ziev (pen.), 82’-5:1, Islom Rashidxonov, 89’-6:1 – Ixtiyor Pardaev, 73’-4:1.
“Nasaf”: Aziz Isoqov, Sharf Muhitdinov, Aziz G‘aniev, Islom Kenjaboev, Doniyor Narzullaev, Odil Hamrobekov, Anvar Xojimirzaev,Sirojiddin Qo‘ziev, Islom Rashidxonov, G‘olib G‘aybullaev, Bobir bduxoliqov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Xushbakov, Najmiddin Normurodov.
“Sho‘rtan”: Akmal Rahimov, Nurali Padarov, Yo‘lchi Fayzullaev, Mirmuhsin Sattorov, Sherbek Eshmirzaev, Timur Komiljonov, Rustam Haydarov, Ilhom Abdiev, Elyor Tog‘aev, Mirjalol Mirzayorov, Shohjahon Ma’murov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Og‘abek Erkinov, Nurbek Yo‘ldashev, Arslo Elbekov, Ixtiyor Pardaev, Sanjar Axmedov, Izatillo Xolliev, Sarvar Mirzaev.
Bugundan “Nasaf” jamoasi futbolchilariga yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa dam olish kunlari berildi. Jamoamiz endi 3 yanvar kunidan mavsum tayyorgarliklarini 2-bosqichini boshlashadi.

Fikrlar