Navas dam oladi, Kurtua o‘ynaydi
Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua La Liganing yaqinlashib kelayotgan “Atletik” Bilbaoga qarshi safardagi bahsida asosiy tarkibda maydonga tushadi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi ushbu muhim uchrashuvda FIFA kunlari terma jamoaga bormasdan klub bazasida qolgan darvozabon Keylop Navasga emas balki aynan belgiyalik posbonga ishonch bildirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, "Atletik" - "Real" o‘yini 15 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar