"Neftchi" Igor Tarandan so‘ng yana 6 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 05.07.2018 21:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superligada biroz omadi yurishmayotgan Farg‘onaning "Neftchi" klubi yozgi transfer davrida o‘z safini bir qator futbolchilar bilan kuchaytirdi.

Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra farg‘onaliklar tajribali hujumchi Igor Tarandan so‘ng yana 6 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolashgan.

1. Muzaffar Abdullaev (Darvozabon, "Qo‘qon-1912")

2. Dilyor Irmatov (Himoyachi, "Metallurg")

3. Islom Toshpo‘latov (Yarim himoyachi, "Qo‘qon-1912")

4.Sherzod Hakimov (Hujumchi, "Iftixor")

5.Andrey Sidorov (Hujumchi, "Qizilqum")

6.Dostonbek Toshmatov (Hujumchi, "Zomin")

Shuningdek, o‘z vaqtida o‘rinbosarlar safida faoliyat olib borgan futbolchilar Elamon Karimov, Ilhom Vahobov, Ilhom Ibragimov, Ibod Abelfazov hamda Shaxzod Usmonovlar klub bilan rasmiy kelishuvga erishdilar.

Eslatib o‘tamiz, "Neftchi" ayni damda Superliganing ortda qolgan 14 tur yakunlariga ko‘ra 6 ochko bilan so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!