Neymarning otasi xatosini tan oldi

  • 11.01.2019 11:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning PSJ klubi forvardi Neymar hamon "Barselona"ga qaytishni xohlamoqda.

A Bola nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli braziliyalik futbolchi ushbu masala yuzasidan kataloniyaliklar rahbariyati bilan naqd 5 marta bog‘langan. Ushbu muzokaralarda uning otasi ham ishtirok etgan va Neymarni yo‘ldan urib, xatoga yo‘l qo‘yganini tan olgan.

Eslatib o‘tamiz, PSJ Neymarni 2017 yil 222 mln evro evaziga “Barselona”dan sotib olgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumot uchun, Neymar joriy mavsum parijliklar safida jami 21ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 18ta gol va 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!