"Nitstsa" PSJ darvozabonini ijaraga olishi mumkin

  • 28.08.2018 14:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Frantsiyaning PSJ klubi darvozaboni Kevin Trapp mavsumni boshqa bir frantsuz klubida o‘tkazishi mumkin.

Nice-Matin nashrining ma’lum qilishicha germaniyalik posbonni "Nitstsa" klubi ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Gap shundaki, jamoa bosh murabbiyi Patrik Vieyra jamoaning asosiy darvozaboni Yoan Kardinal jarohat olgach, zaxira posboni Valter Benitesning namoyish etayotgan o‘yinlaridan ko‘ngli to‘lmayapti. Shu sababli ham Trappni tarkibga jalb etmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, PSJ yozda Buffonni sotib olgach, Trapp yana zaxirada qolishi oydinlashdi. Balkim shu bois endi u "Nitstsa"ning taklifini qabul qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!