No‘’mon Hasanov: Oliy Ligada qolish vazifasini uddaladik
“Qo‘qon-1912” – “Olmaliq” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo‘qon-1912” jamoasi ustozi No‘’mon Hasanov qatnashdi. Bu haqda “Qo‘qon-1912” klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
- “Olmaliq” jamoasi bugun yaxshi o‘ynadi. Futbolchilarimizga rahmat birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborganimizga qaramay, o‘zlariga kelishga kuch topa olishdi. Birinchi bo‘limning o‘zida hisobni tenglashtirishga erishdik. Tanaffusda kerakli ko‘rsatmalarni berdim. Shogirdlarim barcha ko‘rsatmalarimni to‘liq bajarishdi. “Qo‘qon-1912”da ish boshlganimda jamoaning oldiga Oliy Ligada olib qolish vazifasi qo‘yilgandi. O‘z oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishdik. Kezi kelganda, bizni mavsum davomida tinmay qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga ham o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman, - deydi qo‘qonliklar ustozi.

Fikrlar