
Nokautga uchragan chempion bokschi komadan chiqdi
Yarim og‘ir vazn toifasining WBC chempionlik kamari sohibi kanadalik bokschi Adonis Stivenson ayni damda “CHU de Québec-Université Laval” tibbiyot markazida davolanmoqda. U nihoyat koma holatidan chiqdi, deya xabar bermoqda Allboxing nashri.
Hozirda Adonisning ahvoli yaxshi va sog‘ayish ketishi mumkin, biroq taqdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, tanasining o‘ng tomoni ishlamay qolishi (shol) mumkin ekan.
Eslatib o‘tamiz, Stivenson 1 dekabr kuni ukrainalik bokschi Aleksandr Gvozdikdan 11-raundda og‘ir nokautni qabul qilish bilan birga chempionlikni ham boy bergan. U ringda o‘ziga kelgan, ammo kiyim almashtirish xonasida ahvoli yana yomonlashgan.
Fikrlar