Novak Jokovich "Rolan Garros"da 12-marotaba chorak finalga chiqdi

Serbiyaliky tennischi Novak Jokovich  "Rolan Garros" turnirining to‘rtinchi davrasida ispaniyalik Fernando Verdaskoni 6:3, 6:4, 6:2 hisobida engdi.

Endi Novak musobaqaning chorak finalida belgiyalik David Goffina va italiyalik Marko Chekkinato uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Jokovichning to‘rtinchi davradagi muvaffaqiyati faoliyati davomida qumli kortlarda o‘tgan o‘yinlardagi 200-g‘alabasidir. Shuningdek, serbiyalik tennischi "Rolan Garros"da 12-marotaba chorak finalga chiqdi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!