Nurjon Tuyakboev Amerikaga boradi (foto)

Barcha sport federatsiyalarida bo‘lgani kabi, ot sporti federatsiyasida ham yil yakunlari tahlil qilinib, 2017 yil rejalari belgilab olindi.

Ot sportining barcha turlari - ot yo‘rttirish, uch kurash, to‘siqlardan sakrash mamlakatimizda ommalashib bormoqda. Chavandozlarimiz o‘tgan yil davomida "Chellenjer" Xalqaro musobaqalarida, Markaziy Osiyo ligasi bosqichlarida,Gran pri, Millatlar kubogida samarali ishtirok etdi. Musobaqalarda 17 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medaliga sazovor bo‘lindi. Mohir chavandozlarimizdan Nurjon Tuyakboev Markaziy Osiyo ligasi bosqichlarida g‘oliblikka erishdi. U endi shu yilning 27 mart - 2 aprel kunlari Amerikada bo‘lib o‘tadigan Jaon kubogining final musobaqalarida Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Sportchilarimizdan Mirrauf Odilov, A’zam Tolibboev va G‘ayrat Nazarovlar Rossiyaning Ekaterinburg, Xanti Mansiyskda bo‘lib o‘tgan nufuzli musobaqalarda etakchi o‘rinlarni egallagani chavandozlarimizning mahorati tobora oshib borayotganidan dalolatdir.Yana bir iqtidorli chavandozimiz Timur Azizov  Germaniyada, 40 dan oshiq davlatlar o‘rtasida o‘tkazilgan Xalqaro musobaqada sovrindor bo‘lib qaytdi. 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!