Nurmagomedov va Makgregor revansh jang shartlari ma’lum qilindi

CHERY AUTO

UFC prezidenti Dana Uayt so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik chempion Xabib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasidagi revansh jang bo‘lishi haqiqatdan uzoq emas.

Men buni “hech qachon” demagan bo‘lardim, ammo hozir emas. Nurmagomedovning diskvalifikatsiyasi bor. O‘ylaymanki, bundan oldin Xabib Toni Fergyuson bilan uchrashishi kerak. Konor esa “Kovboy” (Donald Serrone) bilan urushsin. Agar ularning har ikkisi ham g‘alaba qozonsa, biz revansh tashkil qilamiz, – deydi Uayt.

Eslatib o‘tamiz, bu sportchilarning birinchi to‘qnashuvi 2018 yil 6 oktyabr kuni Las-Vegasdagi “T-Mobile Arena”sida bo‘lib o‘tgan va o‘shanda Nurmagomedov to‘rtinchi raundda raqibini og‘rituvchi usul bilan nokautga uchratgan edi. Jangdan so‘ng bo‘lgan mushtlashuv sabab bu ikki jangchi diskvalifikatsiya muddatini o‘tashlariga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!