OChL–2017. Gross va Lushchan bir-birlariga omad tiladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Osiyo chempionlar ligasi "S" guruhi 1-turidan o‘rin olgan “Al-Ahli” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldigan klub vakillari o‘yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Tadbir boshlanishidan avval “Al-Ahli”ning shveytsariyalik bosh murabbiyi Kristian Gross “Bunyodkor” ustozi Sergey Lushchan bilan uchrashdi va “qaldirg‘ochlar”ni “pley-off” bosqichidagi g‘alaba bilan tabriklab, jamoaning keyingi faoliyatiga omadlar tiladi.

O‘z navbatdagi “Bunyodkor” ustozi Sergey Lushchan Jidda klubi vakillarining iliq munosabati va ajoyib mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!