Odil Ahmedovning sobiq jamoadoshi "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin
Rossiyaning "Krasnodar" klubi sobiq himoyachisi Andreas Grankvist "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda MYu 33 yoshli shvetsiyalik futbolchini qishki transferlar davrida sotib olmoqchi. Aytish lozimki, Grankvist ayni damda "Xelsingborg" klubi sharafini himoya qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Grankvist va hamyurtimiz Odil Ahmedov o‘z vaqtida “Krasnodar” safida birga to‘p surishgan.
Fikrlar