
“Olmaliq” Antaliyada 3 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Bugun “Olmaliq” jamoasi Toshkent-Istambul-Antaliya yo‘nalishida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jo‘nab ketadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
11-26 yanvar oralig‘ida o‘tadigan bu yig‘inda olmaliqliklar mashg‘ulotlar bilan birgalikda 4ta nazorat o‘yini o‘tkazadi. Shuningdek, bir qator xorijlik futbolchilar ham ko‘rikda bo‘lishadi.
“Olmaliq”ning o‘rtoqlik o‘yinlari:
17 yanvar - "Vil 1900" (Shveytsariya)
22 yanvar - "Sibir" (Novosibirsk, Rossiya)
24 yanvar - "Karpati" (Lvov, Ukraina)
24 yanvar kuni “Olmaliq” jamoasi ikkinchi tarkib bilan yana bir nazorat o‘yini o‘tkazadi. Raqib nomi keyinroq ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar