Omonmurodova Sankt-Peterburgdagi turnirning chorak finaliga chiqdi
Hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashkillashtirilgan "Neva Cup 2017" turnirining yakkalik bahslari saralash bosqichida 16 yoshli tennischiga mag‘lub bo‘lib, yakkalik bahslarida kurashdan chiqqan edi.
Endi 33 yoshli tennischimiz rossiyalik sherigi Anastasiya Frolova bilan juftlik bahslarida kurashga kirishdi. Mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil etadigan turnirning juftlik bahslari birinchi davrasida Oqgul va uning sherigi Vivian Xeyzen(Germaniya)/Valeriya Straxova(Ukraina) duetiga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 6 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda 6:2, 3:6, 10:6 hisobida Oqgul/Anastasiya dueti g‘alaba qozondi va ular chorak finalga yo‘l olishdi.
Bu bosqichda ularga kim raqibalik qilishi esa bugungi bellashuvlardan so‘ng, ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar