
Ot sporti federatsiyasining konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi (foto)
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida ot sport federatsiyasi konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferentsiyada federatsiya raisi hisoboti tinglandi.
So‘ngra ot sporti federatsiyasi raisi lavozimiga ochiq ovoz berish yo‘li bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi Qudratillo Rafiqov saylandi.Federatsiya Bosh kotibi lavozimiga Eldar Anarboev saylandi. Shuningdek, federatsiya raisi o‘rinbosarlari etib, Avaz Karimov, Feruz Abdullaev, Avaz Ismoilovlar ham saylanishdi.
Shu bilan birga, taftish komissiya raisi hamda uning a’zolari, ijroiya qo‘mitasi raisi hamda uning a’zolari ham tasdiqlandi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Alisher Sultonov so‘zga chiqib, ot sporti federatsiyasining buguni va ertasi, galdagi vazifalari xususida qisqacha nutq so‘zladi.
Yig‘ilishda ot sportining rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan ayrim masalalar xususida ham fikr almashindi.
Fikrlar