O‘tgan mavsumdagi EChL finali "qahramoni" jamoasini o‘zgartirishi mumkin

  • 20.08.2018 13:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliyaning "Liverpul" klubi darvozaboni Loris Karius joriy yoz jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Berilgan xabarlarga qaraganda mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp 25 yoshli germaniyalik posbonni ijaraga berib yuborishga tayyor. O‘z navbatida Kariusga Turkiyaning “Beshiktosh” klubi xaridor bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Karius “Liverpul” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aynan mana shu darvozabonning qo‘pol xatolari evaziga “Liverpul” o‘tgan mavsum EChL finalida mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!