
"O‘zbegim" ot zavodiga tashrif (foto)
Bosh qomusimizning 25 yilligi keng nishonlanayotgan kunda yana bir tantana mamlakatimizni kezib yuribdi: qishloq xo‘jaligi kuni ham shu soha kishilari qalbiga olam-olam quvonch hadya etmoqda.
Agrar soha vakillari Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi "O‘zbegim" ot zavodi faoliyati bilan ham tanishishdi. Bu erda parvarishlanayotgan Axaltaka zotli otlar dunyoga mashhurdir! Bugungi kunda mazkur ot zavodida 400 ga yaqin Axaltaka, ingliz va arab zotli otlar bor.
Mamlakatimizda yilqichilik va ot sporti jadal rivojlanayotgan soha hisoblanadi. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 15 iyundagi "O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
R.S. (Manba: uza.uz)
Fikrlar