
O‘zbek klublari tarixidan – “Qizilqum”
Mazkur klub turli yillarda “Progress”, “Zarafshon” deya ham nomlangan. Zero klubning bosh qarorgohi va uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadioni ham ilgari Zarafshon shahrida edi. Endilikda jamoa Navoiy shahrida uy o‘yinlarini o‘tkazmoqda.
Klub 1992 yildan boshlab O‘zbekiston Birinchi ligasida qatnashishni boshlagan. 1994 yilda “Progress” nomi “Qizilqum”ga o‘zgartirilgan. 1999 yil Birinchi ligada qatnashib, uchinchi o‘rinni egallagan va klub 2000 yildan boshlab O‘zbekiston Oliy ligasida qatnashib kelgan.
Erishgan natijalari:
O‘zbekiston chempionati bronza medali sohibi (2002)
“Qizilqum” erishgan eng katta natija 2002 yilgi chempionat bronza medali hisoblanadi.
Jamoada to‘p surgan mashhur futbolchilar:
Jafar Irismetov; Spartak Murtazoev; Vladimir Shishelov; Viktor Karpenko; Yaroslav Krushelnitskiy; Leonid Koshelev; Fevzi Davletov; Aleksey Nikolaev; Vyacheslav Ponomaryov; Alisher Holiqov; Oleg Sobirov; Pavel Leus.
Jamoani boshqargan mashhur murabbiylar:
Islom Ahmedov; Sergey Shevchenko; Igor Shkvirin; Rustam Zabirov; Marat Kabaev; Ravshan Haydarov; Yuriy Lukin; Hamidjon Aktamov.
Manba: O‘zPFL
Fikrlar