O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bugun ikkita nazorat bahsini o‘tkazdi

  • 15 yanvar, 2017, 20:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 3-11 aprel kunlari o‘tkaziladigan Osiyo chempionati–2018 saralash bosqichida qatnashish uchun Olmaliq shahrida o‘quv mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.

Tecno

Bugun terma jamoamiz ushbu yig‘in doirasida ikkita nazorat o‘yinida maydonga tushdi. Dastlabki bahsda, vakilalarimiz “Olmaliq” BO‘SM U-17 ga qarshi o‘yin o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Ikkinchi o‘yinda “Olmaliq” PFKga qarshi to‘p surib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Xususan, terma jamoa bosh murabbiyi Sherali Boboqulov bugungi o‘yinlarda quyidagi tarkiblarni sinab ko‘rdi.

Birinchi o‘yin:

15 yanvar, 10.00.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi - "Olmaliq" BO‘SM U-17 - 1:2 (0:1).

Gol - Mavluda Munavvarova (78´ pen.)

Birinchi uchrashuvda maydonga tushgan futbolchilar - 1-4-1-4-1: Maftuna Jonimqulova, Zumrad Nazarova - Maftuna Shoimova - Xolida Dadaboeva - Kamola Risqieva, Nozima Kamoltoeva, Lyudmila Karachik - Mahfuza Turopova - Rushaniya Safina - Umida Zoirova, Maxliyo Sarikova.

15 yanvarya, 16.00.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi - "Olmaliq" PFK U-17- 1:3 (0:1).

Gol - Lyudmila Karachik (77´).

Ikkinchi uchrashuvning boshlang‘ich tarkibi (1-4-1-4-1): Laylo Tilavova, Gulhayo Mannaboeva - Mohigul Ikromova - Yulduzxon Nabieva - Dilrabo Asadova, O‘g‘iloy Qo‘chqorova, Malika Burxonova - Mavluda Munavvarova - Dildora Nozimova - Sevara Normurodova, Nilufar Qudratova.

Qayd etish joiz, Olmaliqdagi o‘quv mashg‘ulot yig‘ini davom etmoqda va keyingi nazorat bahsi 19 yanvar kuni “Bunyodkor” U-15 jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

Maqolaning ruscha talqini...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!