
O‘zbekistonlik taekvondochilar Italiyadagi Gran-Pri turnirida ishtirok etishadi
1-3 iyun kunlari Italiyada taekvondo WTF bo‘yicha Gran-Pri turniri bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar.
Musobaqada 6 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladi:
-74kg: Nikita Rafalovich
-80kg: Maksim Rafalovich
-87kg: Jasur Boyqo‘ziev
+87kg: Dmitriy Shokin
-62kg: Umida Abdullaeva
-67kg: Nigora Tursunqulova
Eslatib o‘tamiz, taekvondochilarimiz bundan bir necha kun oldin yakunlangan Osiyo chempionatida ishtirok etib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallagandilar.
Fikrlar