PFL: Qarzdor klublar yangi futbolchilar sotib olisholmaydi

  • 19.06.2018 10:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston professional futbol ligasi elkasida qarzi bor bo‘lgan klublarga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatini bermaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Xabaringiz bor kecha — 18 iyun kuni yozgi transfer oynasi rasman ochilgan edi. Bu vaqtga kelib bir qator klublarda katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Ya’ni, ayrim futbolchi va murabbiylarga javob berib yuboriladi. Shundan kelib chiqib, o‘z jamoasini tark etayotgan, ammo klubda puli qolib ketayotgan futbolchilar kech bo‘lmasidan PFLga murojaat qilishi mumkin. 

O‘z navbatida PFL ham klub bilan xayrlashayotgan futbolchilar haqidagi hisobotni klublardan talab qilib oladi. Ya’ni, qarzdorligi bor klubga transfer oynasidagi o‘zgarishlar uchun ruxsat etilmaydi. Shundan kelib chiqib, yangi futbolchilar masalasida PFLga kelishdan oldin, avval eskilar bilan hisob-kitob qilingani borasidagi hujjatlar taqdim etilishi shart. Klublar rahbariyati bu jihatni inobatga olishini so‘raymiz.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!