Parakanoe. O‘zbekistonlik sportchi Vengriyadagi Jahon kubogida sovrindor bo‘ldi

CHERY AUTO

 

Parakanoe bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining besh nafar a’zosi Jahon kubogi bahslarida ishtirok etish uchun Vengriyaning Seged shahriga jo‘nab ketishgan edi.

Ushbu musobaqada jahonning 60 ta davlatdan parakanoechilar qatnashmoqda. 200 metr masofaga o‘tkazilgan bellashuvlarda bir necha sportchimiz startga chiqdi va ularning biri sovrindorlar qatoridan o‘rin olishga muvaffaq bo‘ldi.

Azizbek Abduxabibov KL-2 yo‘nalishidagi qayiqda o‘z mahoratini namoyish etib, A finalda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. KL-3 yo‘nalishidagi qayiqda B finalda ishtirok etgan Pavel Sulaymonov beshinchi o‘rinni egalladi. Huddi shu yo‘nalishda yana bir sportchimiz Hasan Qo‘ldoshev to‘qqizinchi o‘rindan joy oldi.

Jahon kubogi doirasidagi bellashuvlar o‘ziga hos shiddat bilan davom etmoqda. Bugun, 19 may kuni bahslarda yana ikki sportchimiz o‘z omadini sinab ko‘radi. Ayollar o‘rtasida A finalda Shahnoza Mirzaeva KL-3 yo‘nalishdagi qayiqda startga chiqadi. Shuningdek, erkaklar o‘rtasida A finalda VL-3 yo‘nalishdagi qayiqda Hayitmurot Sherqo‘ziev o‘z omadini sinab ko‘radi.

Musobaqada sportchilarimiz tajribali murabbiylar Eldor Yaxshiboev va Niyozxo‘ja Teshaboev qo‘l ostida ishtirok etmoqdalar. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!