Paralimpiyachilarimiz Indoneziyaga jo‘nab ketishdi

CHERY AUTO

Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik paralimpiyachilar ham ishtirok etadilar.

Tecno

Bugun Paralimpiyachilarimiz Jakartaga tantanali ravishda kuzatildi. Avvaliga O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasida sportchilar uchun bayram dasturxoni yozildi.

p7-1024x682

So‘ngra Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Paraosiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi sportchilarimizni tantanali kuzatish marosimi o‘tkazildi.

Marosimida Milliy olimpiya qo‘mitasi, Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, III Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk marotaba 54 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Hamyurtlarimiz sportning beshta turi: pauerlifting, dzyudo, o‘q otish, suzish va engil atletika bo‘yicha bahslarda o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi.

p4-1024x682

Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu musobaqada paralimpiyachilarimizga muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytib kelishlarini tilab qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!