Pauerlifting: O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo va Okeaniya Chempionatida 2ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

CHERY AUTO

2018 yil 5-14 sentyabr kunlari Yaponiyaning Kitakyushu shahrida pauerlifting bo‘yicha Osiyo va Okeaniya Chempionati bo‘lib o‘tdi.

Tecno

O‘zbekiston paralimpiya assotsiatsiyasidan SPORTS.uzga ma’lum qilishlaricha, mazkur musobaqada xamyurtlarimiz 2ta oltin medalni O‘zbekiston xisobiga qo‘shib qo‘ydilar. Yoshlar o‘rtasida kechgan bahslarda 50 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nuriddinova Muslima 72kg toshni ko‘tarib, faxrli 1 o‘rinni egalladi.

Kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda esa 55kg vazn toifasida Roza Qo‘zieva 115 kg toshni ko‘tarib, oltin medalni kulga kiritdi. Mazkur musobaqada 29ta davlatdan 200ga yaqin sportchilar medalli o‘rinlar uchun kuch sinashdilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!