"Paxtakor" - "Eyr Fors" o‘yinini boshqarib boradigan hakamlar nomi ma’lum

  • 29 yanvar, 2019, 16:04
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Toshkentning "Paxtakor" klubi joriy yilgi mavsumda OChLdagi ishtirokini saralash bosqichidan boshlaydi. Aniqrog‘i, "sherlar" ikkinchi saralash bosqichi doirasida 12 fevral kuni Iroqning "Eyr Fors" jamoasini qabul qiladi.

Tecno

Mazkur uchrashuvni Janubiy koreyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Kim Xi Gon bo‘lsa, unga qanotlarda hamyurtlari Park Kyun Yong hamda Park Sang Junlar yordamlashadi.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli referi 2016 yil OChL guruh bosqichi doirasida "Al-Hilol" - "Lokomotiv" (0:0)  bellashuvida zaxira hakami sifatida ishlagan 

OChL. Ikkinchi saralash bosqichi

12.02.2019 15:00. Toshkent

"Paxtakor" (O‘zbekiston) - "Eyr Fors" (Iroq)

Bosh hakam: Kim Xi Gon

Laynsmenlar: Park Kyun Yong, Park San Jung.

Zaxira hakami: Kim Vu Sung (barchasi Janubiy Koreyadan).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Тохиржан Холмирзаев
01/02/2019 05:40
Огир уйин булади пахта га хакмлар нотаниш ????????????????????