"Paxtakor" - "Eyr Fors" uchrashuvi salkam 20 daqiqaga to‘xtatildi
“Paxtakor” OChL saralash bahslari doirasida Iroqning “Eyr Fors” jamoasini qabul qilmoqda. Birinchi bo‘limning 21-daqiqaga kelib maydonning suv tizimida muammo yuzaga keldi va hakam o‘yinni to‘xtatib turishga qaror qildi.
Bu holatdan muxlislar ham zerika boshlashdi va o‘z noroziliklarini bildirib o‘tdi. Keyin futbolchilar bu tanaffusdan o‘yin tempini tushirmaslik uchun chigalyozdi mashqlarini bajarib olishdi.
Shundan so‘ng murabbiylar o‘z shogirdlariga ko‘rsatmalar ham berib o‘tishga ulgurishdi. Iroqliklar esa biroz isinib ham olishdi. Bu holat salkam 20 daqiqa davom etdi.
Eslatib o‘tamiz, klub rasmiylari o‘yinga qadar bir necha marta maydon tayyor ekanliklarini ta’kidlab o‘tgan edi.

Fikrlar