Pepe Xitoy jamoasi safiga “sig‘mayapti”

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi himoyachisi Pepening Xitoy klubiga o‘tishi borasida shubha paydo bo‘la boshladi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaning yozishicha, portugaliyalik futbolchining “Xebey Chayna Forchun” klubiga o‘tmasligiga Chin yurtida yangi joriy etilgan legionerlar cheklovi sabab bo‘lishi mumkin. Yangi qonunga ko‘ra Xitoy chempionatida o‘yin paytida 4ta legioner (shulardan biri osiyolik bo‘lishi shart) harakat qilishi mumkin. Jamoa esa o‘yin qaydnomasiga faqat 5ta xorijlik futbolchini kiritishi mumkin. Ta’kidlash kerakki “Xebey Chayna Forchun”  ayni damda 5ta legionerga ega.

Eslatib o‘tamiz, “qirollik klubi” bilan mavsum so‘nggida shartnomasi yakunlanadigan 34 yoshli futbolchi dastlab madridliklarning 6 million evrolik taklifini rad etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!