Podolskini eslab… Germaniya termasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

  • 25 mart, 2017, 22:05
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Germaniya terma jamoasi hujumchisi Lukas Podolski, Angliyaga qarshi o‘yinda o‘zining terma safidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi va xalqaro maydondagi faoliyatiga yakun yasadi. Ta’kidlash joiz, asli polyak bo‘lgan nemis futbolchisi uchrashuvda Angliya darvozasiga ajoyib gol kiritdi va xayrlashuv o‘yinida o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi. Bu gol uning “nemis mashinasi” tarkibidagi 49-goli bo‘ldi va Germaniya terma jamoasi tarkibida eng ko‘p gol kiritgan 3 futbolchidan biriga aylandi. Biz esa, shu munosabat bilan Germaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purarni e’tiboringizda havola etishga qaror qildik.

>> O‘z an’anasiga sodiq murabbiy

>> Terma jamoada eng ko‘p gol kiritgan 10 futbolchi

>> MLSda o‘ynagan jahon chempionlari

 

4-5. Yurgan Klinsmann – 47 ta gol

1987-1998 yillarda “nemis mashina”sida to‘p surgan Klinsmann bu vaqt oralig‘ida terma safida 108 o‘yin o‘tkazib, 47 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga erishgan. Klinsmann terma javoa gvardiyachilari orasida 6-o‘rinda bo‘lsa, to‘purarlik borasida 5-o‘rinda zikr etiladi. Aytgancha Yurgen 1994-1998 yillarda nemislarning bosh jamoasini sardor sifatida maydonga boshlab tushgan. Klinsman terma safida Jahon va Evropa chempioni bo‘lishga erishgan.

>>“Real” Ronaldusiz nechta sovrin yutishi mumkin edi?

4-5. Rudi Fyoller – 47

Fyoller 1982-1994 yillarda terma jamoadan chaqiruv olib kelgan va 90 ta o‘yinda ishtirok etigan xolda 47 marta raqiblar darvozabonini “ranjitgan”. Uning gollaridan SSSR termasidan tortib, BAA termasiga qadar “aziyat chekkan”. Uning hisobida bir martadan Evropa va Jahon chempionligi, bundan tashqari ushbu turnirlarda bir martadan finalda ham o‘ynagan.

>> So‘nggi daqiqalar talvasasi

3. Lukas Podolski – 49

Bugungi qahramonimiz bo‘lgan – Lukas Podolski 2004 yildan buyon terma jamoada to‘p surib kelayotgan edi. “Nemis mashinasi”ning raqiblari darvozasini 49 bor ishg‘ol etishga erishgan Podolskiga buncha gol kiritish uchun 130 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Podolskining hisobida qit’a , Jahon chempionatlari, qolaversa, Konfederatsiyalar kubogining ham turli tusdagi medullar mavjud.

2. Gerd Myuller – 68

1966-74 yillarda GFR termasida o‘ynagan Myuller milliy jamoa uchun jami 62 o‘yinda ishtirol etgan va 68 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan. Gerd Myuller SSSR, Albaniya, Kipr va Shveysariya termalariga qarshi bahsda “poker”ga, Bolgariya, Peru, Norvegiya kabi termalar bilan bahslarda esa “xet-trik”ka erishgan. Myullerlarning “kattasi” bir martadan Jahon va Evropa chempionligini qo‘lga kiritishga erishgan.

1. Miroslav Kloze – 71

JChlar tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lgan Kloze bir nechta rekordlar qayd etganidan xabaringiz bor. Jumladan, u Germaniya terma jamoasida eng ko‘p gol urgan futbolchi sanaladi. 71 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga erishgan Klozega buncha gol kiritishi uchun 137 ta o‘yin kerak bo‘lgan. Afsuski, Miroslav terma jamoa bilan qit`a birinchligida g‘olib chiqish nasib etmagan.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!