Pogba “Manchester Yunayted”dan ketmoqchi
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirmoqchi.
Telelombardia tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli futbolchi so‘nggi paytlarda mankuanliklar ustozi Joze Mourinyu bilan kelisha olmay qolgan va shu sabab u yana “Yuventus”ga qaytishni istamoqda. O‘z navbatida turinliklar bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ham frantsiyalik sobiq shogirdi bilan yana birga ishlash istagida.
Ta’kidlash lozimki, Pogbaning shartnomasiga ko‘ra “Yuventus” uni 60 mln evro evaziga qayta sotib olish huquqiga ega va aynan “keksa sinora” ushbu banddan foydalanib, uni ortga qaytarishi mumkin.

Fikrlar