Pogba haddidan oshdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Daily Mail xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi portugaliyalik mutaxassisga MYudan ketishni istashini aytgan va Mourino aynan shu sabab Pogbani sardorlik bog‘ichidan mahrum qilgan.

Pogba ilgariroq ketish istagi bor ekanligini vitse-prezident Ed Vudvordga ham ma’lum qilgan edi. Mourino va murabbiylar shtabi ham uning harakatlaridan norozi bo‘lmoqda.

Pol "Vulverxempton"ga qarshi o‘yindan oldin avtobusda musiqani baland qilib qo‘ygan. Vaholanki, o‘sha vaqtda qolgan futbolchilar o‘yinga tayyorlanayotgan bo‘lgan.

Bundan tashqari Pogba "Byornli"ga qarshi o‘yindan keyinoq Frantsiya terma jamoasi  ixtiyoriga uchib ketgan. Bu vaqtda "qizil iblislar" avtobusda mehmonxonaga ketayotgan bo‘lgan va Pogbani "Rolls-Roys"da uning shaxsiy haydovchisi kelib olib ketgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!