Pyanich "Yuventus"da qolishga qaror qildi
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich o‘zining kelajak faoliyati borasida bir qarorga keldi.
Italiyalik mashhur jurnalis Janluki Di Martsioning xabar berishicha 28 yoshli bosniyalik futbolchi faoliyatini "Alyants Stedium"da davom ettirishga qaror qilgan. Endi bir qator Evropa grandlarining qiziqishlariga sabab bo‘layotgan futbolchi turinliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi.
Ma’lumot uchun, Pyanich o‘tgan mavsum “Yuventus” safida jami 44ta bahsda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 14ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar