“Qo‘qon-1912” jamoasida o‘zgarishlar yuz berdi
"Qo‘qon-1912" jamoasi tarkibida o‘zgarishlar ham yuz berdi. O‘tgan mavsumni Muborakning “Mash’al” jamoasi o‘tkazgan Jamshid Hasanov tarkibimizga kelib qo‘shildi. Ushbu yarim himoyachi bilan jamoamiz o‘rtasida bir yillik bitim imzolandi.
Shuningdek mashg‘ulotlarga yoshlar tarkibimizdan Doston Meliqo‘ziev hamda Abror Rahmonovlar ham jalb qilindi. Bu esa jamoamizda yosh futbolchilarga bo‘lgan e’tibor yuqori ekanligidan dalolat beradi.

Javohir Sidiqov salomatligini tiklab mashg‘ulotlarga astoydil kirishdi. Aytgancha, jamoamiz Otabek Zokirov bilan do‘stona xayrlashdi. Otabek Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga borib qo‘shildi.
Avvalroq Akmal Xolmurodov qo‘qonliklar safiga kelib qo‘shilgani haqida xabar berilgandi.

Fikrlar