
Rashidov bugun "Nasonal"da debyut qilmaydi, uning ilk uchrashuvi "Benfika"ga qarshi bo‘lishi mumkin
BAAdagi Osiyo kubogi paytida Portugaliyaning “Nasonal” klubi bilan shartnoma imzolagan hamyurtimiz Sardor Rashidov yangi jamoasi safiga borib qo‘shilgani borasida xabar bergan edik. Hamyurtimiz yangi jamoasida 77-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi.
“Nasonal” bugun Portugaliya Primeyra ligasi doirasida “Vitoriya Setubal” klubiga qarshi bahs olib boradi. Bundan avvalroq o‘zbekistonlik futbolchining ushbu o‘yinda debyut qilishi mumkinligini taxmin qilgan edik. Ammo, futbolchi bilan bog‘langanimizda uning bugungi o‘yinda ishtirok etmasigi oydinlashdi.
Bunga sabab “Nasonal” Rashidovni chempionat qaydnomasiga kiritishda biroz kechikkan. Shu bois uning debyuti kelgusi o‘yinga qoldi.
Ma’lumot uchun, “Nasonal” o‘zining keyingi uchrashuvini 10 fevral kuni "Benfika"ga qarshi o‘tkazadi. Hamyurtimiz katta ehtimol bilan ana shu bahsda debyut qiladi.
Fikrlar