
Rasman! “Barselona” Portugaliya termasi futbolchisini sotib oldi(foto)
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi “Benfika” himoyachisi Nelson Semeduni sotib olganini rasman e’lon qildi.
Kataloniyaliklar prezidenti Xosep Bartomeuning so‘zlariga ko‘ra, Semedu “Barselona”ga 30 mln evroga tushgan.
Ma’lumot uchun, Semedu “Benfika” safida 65 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol kiritib, 12 ta golga assistentlik qilgan. Portugaliya termasida esa 6 ta bahsda maydonga tushgan va Konfederatsiyalar Kubogi-2017 bronza medali sohibi sanaladi.
Fikrlar