Rasman! G‘ofurov, Komilov va Hasanov “Mash’al”ni tark etdi
Shu kunlarda yig‘in olib borayotgan «Mash’al» jamoasi tarkibiga bir qator yangi futbolchilarni qo‘shib olgani haqida ma’lumot berib o‘tgandik. Ammo jamoa safini tark etayotganlar ham bor. G‘ulom Haydar G‘ulomov va Dilyaver Abibullaev bungacha rasman kulubdan ketishgan edi.
Ayni paytga kelib esa G‘iyosjon Komilov, Mirzoxid G‘ofurov va Jamshid Hasanov rasman «gazchilar» safini tark etib bo‘lishdi.

Komilov va G‘ofurov keyingi mavsumni «Navbahor» safida boshlashadi. Hasanov esa «Qo‘qon-1912» jamoasi bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.


Fikrlar