Rasman: Leonardo Bonuchchi “Yuventus”ni tark etib, “Milan”ga o‘tdi
“Yuventus” jamoasi himoyachisi Leonardo Bonuchchi o‘z faoliyatini “Milan” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
Milanliklar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tomonlar 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Italiyalik futbolchining transfer qiymati 36 million funt sterlingga baholanmoqda.
Bonuchchi “rossonerilar” tibbiy ko‘rigidan o‘tgach, kelishuv rasman imzolanadi va futbolchi ommaga tanishtiriladi.

Fikrlar