Rasman: “Milan” futbolchisi “Yuventus” a’zosiga aylandi (Foto)
“Milan” himoyachisi Mattia De Shilo faoliyatini “Yuventus”da davom ettiradigan bo‘ldi.
“Yuventus” klubining “Tvitter”dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, tomonlar 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Kelishuvning moliyaviy shartlari haqida ma’lumot hozircha keltirilmagan.

O‘tgan mavsumda italiyalik futbolchi mamlakat chempionatining 23 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 2 ta golli pasga mualliflik qildi.
Qayd etish kerakki, bir muddat avval "Milan" raqibi "Yuventus"dan himoyachi Leonardo Bonuchchini xarid qilgan edi.

Fikrlar