"Real" Navas bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 20.11.2018 16:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi o‘zining kosta-rikalik posboni Keylor Navasga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.

Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 31 yoshli darvozabon bilan amaldagi shartnomani 2021 yilga qadar uzaytirishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlash kerakki, Navasning “Real” bilan amaldagi kelishuvi 2020 yilga qadar imzolangan.

Aytish lozimki, “Real” mavsum boshida Tibo Kurtuani sotib olgach, Navas asosan zaxira posboniga aylanib qolayotgan edi. Ammo, Xulen Lopetegi o‘rniga Santyago Solari kelgach Navasda yana asosiy tarkibga qaytish umidi paydo bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!